avatar
Куч
1759.38
Рейтинг
+651.07

Kamolova Laziza Baxtiyor qizi

Мақолалар

Badan tarbiyaning xotin-qizlar salomatligidagi ahamiyati

JizDPI
Илм-фан
Bolalar bog’chalari, umumta’lim maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, o’rta maxsus va oliy ta’lim mussasalarida faoliyat ko’rsatayotgan bir necha o’n minglab mutaxassislar bor. Bu o’z o’rnida badan tarbiya ilmi bilan bevosita bog’liq bo’lgan madaniy, tarbiyaviy va sportchilarni tayyorlash kabi keng ko’lamli tarbiyaviy jarayonlarni takomilllashtirishga keng xissa qo’shmoqda.
Ma’lumki, badan tarbiya eng avvalo ertalabki gimnastikadan boshlanib, bog’cha va o’quv yurtlaridagi jismoniy madaniyat darslarida davom ettiriladi. Ishlab chiqarish mehnat jamoalari va turli muassasalarda u yoki bu darajada, shaklda qo’llaniladi. Badan tarbiyaning murakkab mazmun va shakllari sport musobaqalarida namoyon bo’ladi.Ular haqida mutaxassis xodimlar, amaliy faoliyat ko’rsatadigan mutasaddilar o’z tajribalarini ilm sohasida atroflicha bayon etishadi.

Xotin-qizlar jismoniy madaniyat yo’nalishida pedagogik mahoratni shakllantirish

JizDPI
Илм-фан
O’qituvchi–pedagoglarning fanni o’qitishdagi faoliyati g’oyat murakkab va ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. Turli mavzulardagi darsliklarni o’rgatish bilan bir qatorda o’quvchilarning xulq-atvorlari, bilim darajalari va fanga bo’lgan munosabatlarini kuzatish, o’rgatish, tarbiya berish bilan qo’shib olib boriladi. Buning uchun esa o’qituvchida chuqur bilim, pedagogik mahorat va shaxsiy namuna, tashabbuskorlik, yangilik sari ijodiy izlanishlar ustun bo’lishi kerak.

Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlarining bolalar tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati.

JizDPI
Илм-фан
       O’zbekiston sportchilarining xalqaro aloqalari va sport musobaqalarida qatnashishini quyidagi toifalarga bo’lish mumkin, ya’ni:
1. Markaziy Osiyo respublikalari sport o’yinlari, sport turlari bo’yicha birinchiliklar, xalqaro turnirlar va o’rtoqlik uchrashuvlari.
2. Osiyo o’yinlari, chempionatlari, xalqaro turnirlar, o’rtoqlik uchrashuvlari.
3. Jahon chempionatlari, birinchiliklari, xalqaro turnirlar, kuboklar.
4. Olimpiya o’yinlari.

Talaba-qizlar jismoniy madaniyatini yanada takomillashtirish

JizDPI
Илм-фан

Jamiyat taraqqiyoti va oilada ijtimoiy-tarbiyaviy ishlarni yuritishda onalarning hissasi yuksak darajada ekanligini inkor qilish mumkin emas. Ayniqsa, mustaqillik sharoitida bolalarni oilada tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan muammolar tobora ko’paymoqda. Buning u yoki bu darajadagi sabablari mavjuddir.


Respublikamizda “Sog’lom ona-sog’lom bola” shiori mazmun va mantiq jihatdan har bir oilaga chuqur singib bormoqda.



Talaba va o’quvchi–qizlarda mustaqil shug’ullanish malakalarini shakllantirish

JizDPI
Илм-фан

Oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida davlat dasturi asosida o’tkaziladigan jismoniy madaniyat darslaridagi turli-tuman mashqlar, sport va harakatli o’yinlar shug’ullanuvchilarning jismoniy jihatdan rivojlanishida muhim omil ekanligini rad etib bo’lmaydi. Shuningdek, sport turlari bo’yicha  to’garak (seksiya) mashg’ulotlari, sport musobaqalari unga qo’shimcha ravishda jismoniy barkamollikni (agar doimiy ishtirok etilsa) tarbiyalashga xizmat qiladi.


Jismoniy madaniyat darslarida mahalliy millat qizlari (asosan yuqori sinflar), ayniqsa, qishloq qizlari har doim ham qiziqib faol ishtirok etishmaydi. Ko’pchilik qizlar esa sport to’garaklari mashg’ulotlari va sport musobaqalarida umuman qatnashmaydi. Buning sabablari ko’p, ayniqsa:



Xotin-qizlarning sog’lom turmush tarzini shakllantirishida jismoniy madaniyat va sportning ahamiyati

JizDPI
Илм-фан

O’quvchi-yoshlar va xotin-qizlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda uni takomillashtirishda jismoniy madaniyat, sport, sayohat (turizm) va xalq milliy o’yinlarining mohiyatini asoslab berish, shuningdek ularni bu jarayonlar bilan qurollantirish ushbu maqolamizning asosiy maqsadini tashkil etadi:


            Ushbu maqolamizning vazifalari quyidagilardan iborat:



Xotin-qizlardan jismoniy madaniyat mutaxassisligi bo’yicha kompleks bilimlarni shakllantirish

JizDPI
Илм-фан

Insoniyatning ilm olishga bo’lgan intilishi cheksizdir. Zamonasidagi barcha bilim asoslarini bilish sharq allomalariga xos.


Beruniy, Ibn Sino, Farobiy va Bobur singari buyuk donishmandlar qomusiy-ensiklopedik bilimga ega bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan fanlar klassifikasiyasida tabiat va jamiyat haqidagi fanlarning turli yo’nalishlari, tarmoqlari vujudga keldi. Qomusiy bilim olishga yoki qomusiy bilim berishga kishilarda, xususan o’qituvchilar va talabalarda qiziqish kamayib, ular o’ziga xos tor, bir yoqlama bilimlarga ega bo’lib qolmoqda. Bu o’z navbatida, birinchidan bilimlarni, fanlarni bir-biriga bog’liqligi haqidagi tasavvurlarni kamaytirsa, ikkinchidan o’quvchi va talabalarning bilimga nisbatan kuchli qiziqishlariga, ehtiyojlariga javob bera olmaslikni keltirib chiqaradi.



Jamiyatda xotin-qizlar sihat-salomatligini barqarorlashtirish omillari

JizDPI
Илм-фан

Salomatlik tushunchasi jahondagi barcha xalqlarda umumiylashib ketgan tabiiy, tibbiy, biologik, ijtimoiy-madaniy faoliyatlar majmuasidir. Bu  haqda ilmiy tadqiqotlarning natijalari, amalda – hayotda sinalgan nazariy hamda amaliy bilimlar beqiyosdir.


Shunday bo’lsada keksa avlodlarimiz, hatto o’qimishli kishilar, ayniqsa o’quvchi-yoshlar va talabalar bu sohadagi bilimlarini to’la bilishmaydi yoki amal qilishmaydi.



Komil inson tarbiyasida jismoniy madaniyatning o’rni

JizDPI
Илм-фан

 Turmushda jismoniy barkamollik muhim hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Markaziy Osiyo va boshqa mamlaktlarning iqtisodiy, savdo, tijorat, madaniyat va boshqa sohalardagi o’zaro aloqalari va hamkorliklari umuminsoniy qadriyatlar, tafakkur va jismoniy jihatdan yuqori madaniyatga erishishga katta hissa qo’shmoqda. O’zbekiston taraqqiyot yo’lida istiqlol sari katta qadamlar bilan olg’a bormoqda. Buni Respublikamizning juda ko’p tarmoqlari kabi xalqaro sport maydonlarida erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlari va yutuqlari bilan tenglashtirish mumkin.



Jismoniy tarbiya yo’nalishida pedagogik mahoratni shakllantirish

JizDPI
Илм-фан

O’qituvchi–pedagoglarning fanni o’qitishdagi faoliyati g’oyat murakkab va ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. Turli mavzulardagi darsliklarni o’rgatish bilan bir qatorda o’quvchilarning xulq-atvorlari, bilim darajalari va fanga bo’lgan munosabatlarini kuzatish, o’rgatish, tarbiya berish bilan qo’shib olib boriladi. Buning uchun esa o’qituvchida chuqur bilim, pedagogik mahorat va shaxsiy namuna, tashabbuskorlik, yangilik sari ijodiy izlanishlar ustun bo’lishi kerak.



Bolalar maxsus jismoniy tayyorgarligining o’ziga xos xususiyatlari.

JizDPI
Илм-фан

Respublikada kadrlar tayyorlash milliy (davlat) dasturi (1997 y.), sog’lom avlod Davlat dasturi (1999 y.), Davlat ta’lim standartlari (1999). «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000 y. hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari (1993, 1996, 1999, 2002, 2008 y.y. va hokazo) aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi-yoshlar va bolalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog’liq bo’lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan.



Vatan tuyg’usi ozod sharafiddinov talqinida

JizDPI
Илм-фан

(Ozod Sharafiddinovning “O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan”maqolasi to’g’risida)


“O, ota makonim, onajon o’lkam,  


O’zbekiston,jonim to’shay poyingga. 


Seningdek mehribon,yo’q,seningdek ko’rkam,


Rimni alishmasman bedapoyangga”.


                                                                                            (Muhammad Yusuf)



Ёшларда миллий ғурурни шакллантиришнинг педагогик асослари integratsiyalash

JizDPI
Илм-фан

Юртимизда олиб борилаётган  ислохатлар  давлатимизнинг  равнақига хизмат қилувчи асосий омилардан ҳисобланади. Ҳар қандай жамиятнинг равнақ топиши, давлатнинг юкаслиши, кишиларнинг гўзал турмуш тарзига эга бўлиши бу улардаги ғурур билан боғлиқ бўлади.


        А. Шеров ва К. Алиевалар «Маънавият луғатида»  ғурур тушунчасига қуйидаги фикрни бериб ўтишган.  


Ғурур — инсонда, унинг атрофида, миллати, халқи ва давлатида қадр-қиммат, номус, иззат-нафс каби фазилатлар мавжуд бўлиши ёки амал қилиши натижасида унинг ўзини-ўзи ҳурмат қилиш ҳиссини англатадиган маънавий тушунча.



Boshlang’ich talimda matematik bilimlarni integratsiyalash

JizDPI
Илм-фан

Mustaqil  Respublikamizda  ta’lim-tarbiya  jarayonining  mazmuni, shakli tubdan  o’zgardi, ta’limiy-tarbiyaviy  ishlar  aniq  maqsad  tomon  yo’naltirildi, bu jarayonda  subyektlarning  o’zaro hamkorlikda  bo’lishlari  uchun  uzviylikda bo’lgan ta’lim shakli, vosita va usullari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Hozirgi  kunda  boshlang’ich  maktab  ta’limini  integratsiya  qilish haqida  ko’p  gapirilmoqda. Integratsiya – bu  ayrim  bo’lak, qismlarning birlashib, bir butun  bo’lishidir. Ta’lim  jarayonida  o’quv  fanlarini  integratsiyalashda  asosiy  masala  vazifalarning  o’zaro  birligini  ta’minlash, metod, shakl, vositalar  va  kuzatilgan  natijalarni  belgilab  olishdan  iborat.



Тохир малик асарларида қўшма гаплар синонимяси

JizDPI
Илм-фан

 «Тил кишиларнинг энг муҳим алоқа воситасидир».  Бинобарин, кишилар ўртасидаги алоқа-аралашув процессини уюштирувчи ижтимоий ҳодиса бўлган тилнинг роли ниҳоятда каттадир.


Кишилар ҳар қандай шароитда ва фаолиятнинг барча соҳаларида алоқа қилиш жараёнида тилдаги лексик, фразеологик, грамматик ва фонетик воситаларни танлаш ва ишлатишда бир-бирларидан маълум даражада фарқ қиладилар. Умумхалқ тили доирасида тил воситаларининг бундай танлаб олиниши нутқнинг хилма-хил кўринишларининг пайдо бўлишига олиб келади. Нутқнинг бу хилма-хил кўринишлари нутқ стиллари деб юритилади.


                                                                       Талаба Шаропова Шаҳноза



Leksikalogiya bo’yicha umumiy ma’lumot mavzusini o’tishda grammatik o’yin-topshiriqlar qo’llash

JizDPI
Илм-фан

Ma’lumki leksikalogiyaga oid mavzularni o’tishdan asosiy maqsad o’qituvchilarga so’z va uning ma’no nozikliklarini o’quvchilarga tushuntirishdan iborat. Bu o’rinda leksikalogiyaga oid ayrim mavzularni o’tishda foydalanish mumkin bo’lgan ayrim grammatik o’yinlarni tavsiya qilamiz. Chunonchi bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar yuzasidan ma’lumot berishda quyidagicha ish tutish mumkin.



-gani qo`shimchasi haqida ikki ogìz so`z

JizDPI
Илм-фан

Hamma tillar kabi o`zbek tili grammatikasi ham murakkab qonun-qoidalardan iborat. Xususan,morfemikadan sintaksisga qadar bir-birini taqozo etuvchi va bir-birini inkor eta olmaydigan tushunchalar mavjudki, ularni o`quvchilar ongiga tushunarli va aniq yetkazish o`qituvchi-murabbiylarning pedagogik maxoratlari bilan bir qatorda DTSga asoslangan darslikdagi ma`lumotlarning aniqligi va to`g`ri ekanligiga aloqador hisoblanadi. Ammo DTS asosida chiqarilayotgan darsliklarning ba`zilarida mulohazali holatlar  kuzatiladi, nazarimda. 



Бадиий матнда фонетик такрор

JizDPI
Илм-фан

  Тилнинг эстетик таъсирчанлиги масаласи тилшуносликдаги муҳим ва асосий масалалардан бўлиб, ўз навбатида бадиий адабиёт тилини ҳам сўз эстетикаси, тил эстетикаси, эстетик таъсир этувчи эмоционал-экспрессив воситаларсиз тасаввур қилиб бўлмайди. Бадиий асар тилининг эстетик таъсирчанлиги тушунчаси кенг тушунча бўлиб, эстетик таъсирчанлик тилнинг бошқа шаклларида ҳам мавжуд. Чунончи, умумхалқ тилида ҳам эстетик таъсир этувчи ифодали воситалар кўплаб мавжуд бўлганидек, халқ мақолларида, оддий сўзлашувга хос бўлган кўпгина луғавий бирликларда ҳам эстетик таъсирчанлик кўп. Бироқ бундай воситаларнинг барчасини бадиий адабиёт тили ўзида қамраб олади ва бу воситаларнинг таъсир кучи янада ошади.Шунинг учун ҳам эстетик таъсирчан воситаларнинг кўплаб қўлланиши бадиий адабиёт тилининг ўзига хос  хусусиятларини белгиловчи омиллардан биридир.



Ўзбек тили луғат составида диалектал лексиканинг ўрни

JizDPI
Илм-фан

Мазкур мақолада  ўзбек тили таркибида истеъмол доираси чегараланган лексиканинг бир тури ҳисобланмиш диалектизмлар (асосан, диалектал лексика) ва унинг адабий тилга муносабати юзасидан баъзи фикр-мулоҳазаларимизни билдиришни мақсад қилдик.